Samuel Florent Thomas Gigot (talaffuzi: Samuel Florent Tomas Gigot; 1993-yil 12-oktabrda tugʻilgan) — asli jazoirlik boʻlgan futbolchi, „Olympique de Marseille“ futbol klubi himoyachisi[4][5].

Samuel Gigot
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Samuel Florent Thomas Gigot[1]
Tavallud sanasi 12-oktyabr 1993-yil (1993-10-12) (30 yosh)
Tavallud joyi Avignon, Fransiya[2]
Boʻyi 1.87 m[3]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Olympique de Marseille
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2013 Arles-Avignon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 Arles-Avignon 32 (4)
2015—2017 Kortrijk 41 (2)
2017—2018 Gent 37 (2)
2018—2022 Spartak Moscow 77 (9)
2022— Marseille 10 (2)
2022 → Spartak Moscow (ijara) 11 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Bolaligidan Gigot futbol va regbi bilan shugʻullangan, uning soʻzlariga koʻra, bu Avignondagi eng mashhur sport turi boʻlgan[6]. Oxir-oqibat, Samuel futbolni tanlagan, lekin uning akasi Tony Gigot ikkala sport turini ham oʻynagan va professional regbi-13 oʻyinchisiga aylangan va hatto terma jamoada oʻynagan[7]. Gigot „MJC“ futbol klubi akademiyasining bitiruvchisi. U yerdan mahalliy „Avignon Foot 84“ futbol klubiga oʻtgan. 12-14 yoshida, Samuel otasining taklifi bilan boks bilan shugʻullangan, chunki uning otasi oʻgʻlini futbolga juda berilib ketgan deb oʻylagan[8].

Keyin himoyachi „Le Pontet“ klubining yoshlar jamoasida oʻynagan va 2011-yilda oʻz shahrining „Athlétic Arlésien“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan[9]. 2013-yilning 30-avgustida u Liga 2dagi debyutini „Niort“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan[10]. Debyut mavsumida u ligadagi 10 ta oʻyinda va ikki marta Fransiya kubogida oʻynagan. 2014-yilning 15-avgustida „Nancy Lorraine“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Samuel „Athlétic Arlésien“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[11].

2015-yilning yozida Gigot Belgiyaning „Kortrijk“ jamoasiga oʻtgan[12]. 2015-yil 25-iyul kuni Belgiya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan „Standard Liège“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u klub safida debyut qilgan va 34-daqiqada Entoni Van Lu o‘rniga maydonga tushgan[13]. 2016-yil 1-oktabr kuni Belgiya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan „Lokeren“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Samuel „Kortrijk“ futbol klubi safida ilk golini urgan[14]. Hammasi boʻlib u „Kortrijk“ futbol klubi safida barcha musobaqalarda 53 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan.

2017-yil yanvar oyida Gigot 4,5 yilga shartnoma imzolab, „Gent“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan[15]. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, transfer 1,3 million yevroni tashkil qilgan[16]. 2017-yilning 29-yanvarida Belgiya chempionatining 24-turidan oʻrin olgan "Brugge" futbol klubiga qarshi oʻyinda u asosiy tarkibda maydonga tushib, yangi jamoada debyut qilgan[17]. 2017-yilning 30-iyulida Belgiya chempionatining 2017—2018-yilgi mavsumining 1-turida „Sint-Truidense“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Samuel „Gent“ futbol klubi safida o‘zining birinchi golini urgan[18]. Umuman olganda, u klub uchun barcha musobaqalarda 64 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan.

2018-yil 4-iyunda Gigot toʻrt yillik shartnoma imzolab, Moskvaning „Spartak“ klubiga oʻtgan[19]. Transfer summasi 8 million yevroni tashkil qilgan[20]. 2018-yil 28-iyul kuni 1-tur doirasidagi „Orenburg“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u Rossiya premyer ligasida debyut qilgan va o‘yinning 4-daqiqasida gol urgan, bu gol orqali jamoa g‘olib bo‘lgan[21].

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
A. C. Arles-Avignon  Fransiya 2013—2014 9 0 3 0 12 0
2014—2015 23 4 6 0 29 4
Jami 32 4 9 0 0 0 41 4
K. V. Kortrijk  Belgiya 2015—2016 28 0 3 0 31 0
2016—2017 20 2 2 0 22 2
Jami 48 2 5 0 0 0 53 2
K. A. A. Gante  Belgiya 2016—2017 16 0 4 0 20 0
2017—2018 40 2 2 0 2 0 44 2
Jami 56 2 2 0 6 0 64 2
F. C. Spartak de Moscú  Rossiya 2018—2019 9 1 0 0 2 0 11 1
2019—2020 26 4 4 0 4 0 34 4
2020—2021 26 3 1 0 27 3
2021—2022 27 2 3 0 8 0 38 2
Jami 88 10 8 0 14 0 110 10
Olympique de Marsella  Fransiya 2022—2023 10 2 0 0 5 0 15 2
Jami 10 2 0 0 5 0 15 2
Umumiy faoliyatida 234 20 24 0 25 0 283 20

Manbalar tahrir

  1. „Gigot Samuel Florent Thomas , defender, FC "Spartak-Moskva"“. eng.premierliga.ru. 2019-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
  2. „Samuel Gigot Soccer Stats - Season & Career Statistics“. www.foxsports.com.
  3. „Samuel Gigot“. Olympique de Marseille. 2022-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-sentyabr.
  4. „Жига-дрыга за €8 млн! Все, что нужно знать о новичке «Спартака»“. https://www.sovsport.ru. «Советский спорт» (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
  5. Farid Kada rabah. „Un nouveau défenseur Franco-Algérien postule pour l'équipe nationale“ (fr). DZBallon L'actu du football Algérien (2018-yil 28-yanvar). 2021-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-iyul.
  6. Danvoye, Pierre „Gigot: «La boxe m'a apporté le sens du combat»“ (fr). Site-Sportmagazine-FR (2018-yil 6-aprel). 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  7. Danvoye, Pierre „Gigot: 'Ik kijk nog geregeld naar de beelden van die match op Wembley'“ (nl). Site-Sportmagazine-NL (2018-yil 5-aprel). 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  8. „Gigot (AA Gent): 'Verdedigen werd door Kompany een kunst'“ (nl). Site-Sportmagazine-NL (2017-yil 11-aprel). 2018-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  9. „Interview: Samuel Gigot, joueur d'Arles-Avignon“ (fr). elevenfc.canalblog.com (2013-yil 31-dekabr). 2015-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  10. „Ньор VS. Арль-Авиньон 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 30-avgust). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  11. „Нанси VS. Арль-Авиньон 1:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 15-avgust). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  12. Newmedia, R. T. L. „Courtrai engage le défenseur français Samuel Gigot“ (fr). RTL sport (2015-yil 15-may). 2020-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  13. „Кортрейк VS. Стандард Льеж 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 25-iyul). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  14. „Локерен VS. Кортрейк 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 1-oktyabr). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  15. „Samuel Gigot signs at KAA Gent“ (nl). KAA Gent (2017-yil 27-yanvar). 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  16. „Samuel Gigot — Spielerprofil 17/18“ (de). 2018-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
  17. „Гент VS. Брюгге 2:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 29-yanvar). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  18. „Сент-Трюйден VS. Гент 3:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 30-iyul). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  19. „Официально: Жиго стал игроком «Спартака»“. Советский спорт (2018-yil 4-iyun). Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  20. „«Спартак» подписал контракт с защитником «Гента»“. Газета.ру (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
  21. „Спартак — Оренбург (1:0) 28 июля 2018. Чемпионат России 2018-19. Протокол матча“. news.sportbox.ru (2018-yil 28-iyul). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.