San-pedrosula — Gondurasdagn shahar. Kortes departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 384 ming kishi (1990-yillar oxiri). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Qishloq xoʻjaligi (banan, shakarqamish, chorvachilik) rayonining savdo markazi. Oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1536-yilda asos solingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil