Sana oʻzgaradigan chiziq - Yer yuzasida 180° li meridian orqali oʻtkazilgan shartli chiziq. Bu chizikdan gʻarbdan sharqqa oʻtilsa, ertasiga ham oʻsha sana (kun) hisoblana beradi. Agar sharqdan gʻarbga oʻtilsa, bir kun tashlab hisoblanadi. Masalan, 25 mart kuni gʻarbdan sharqqa oʻtilsa, ertasi kuni 26 mart emas, 25 mart boʻladi. Agar sharkdan gʻarbga oʻtilsa, 26 mart tashlab yuborilib, 27 mart deb hisoblanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil