Sanchiqoʻt (Thalictram minus) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 80—100 sm. Ildizi ggopuksimon sershox. Bargining uz. 7—30 sm, 3—4 karra patsimon qirqilgan. Guli mayda, qizgʻish, toʻpguli roʻvaksimon. Mevasi mayda, tuxumsimon, uchi ilmoqqa oʻxshab qayrilgan. May oyida gullaydi, iyunda meva tugadi, iyulda poya va barglari qovjiraydi. Oʻzbekistonda 5 turi togʻlarning shim. yon bagʻirlarida, xususan, archazorlarda koʻp uchraydi. Ildizida talikmin, talikmidin, glautsin, poyasi va barglarida talmin va talmidin alkaloidlari borligi aniklangan. S.ning ekstraktlari qonni toʻxtatish va qon bosimini koʻtarish xususiyatiga ega.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil