Sandakan jome masjidi
Sandakan jome masjidi (malaycha: Masjid Jamek Sandakan) yoki Masjid Jamek Sheik Hasabollah At-Tohiri nomi bilan ham tanilgan masjid Malayziyaning Sabah shtati Sandakan shahrida joylashgan. 1890-yilda ochilgan ushbu bino Sandakandagi eng qadimgi masjidlardan biri hisoblanadi[1].
Masjid | |
Sandakan Jamek masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Sabah shtati | Sandakan shahri |
Koordinatalar | 5°50′28.69″N 118°7′5.87″E / 5.8413028°N 118.1182972°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Binokorlik sanasi | 1890 yil |
Sandakan jome masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirMasjid 1890-yilda hindistonlik musulmon mato savdogari Damsah tomonidan ochib berilgan. Ikkinchi jahon urushi paytida shahar musulmonlari masjiddan yaponlardan himoyalanish maqsadida boshpana sifatida foydalangan. Yaponiya harbiylarining fikricha, Sandakan jome masjidi Britaniya askarlari uchun yashirin joy vazifasini oʻtagan boʻlishi mumkin, shu sababli ham masjid urush paytida yaponlar tomonidan bir necha marta oʻqqa tutilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Tamara Thiessen. Borneo: Sabah - Brunei - Sarawak. Bradt Travel Guides, 2012 — 217–-bet. ISBN 978-1-84162-390-0.
- ↑ „‘Sandakan Heritage Trails’“. Borneo Sandakan Tours. 2016-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
Havolalar
tahrir- Vikiomborda Masjid Jamek, Sandakan mavzusiga oid fayllar bor