Sandra Ann Lauer (1962-yil 18-mayda tugʻilgan) — Sandra (nemischa talaffuzi: [[Xalqaro fonetik alifbo|[ˈzandʁa]]]) taxallusi bilan mashhur nemis pop-xonandasi. Turmush oʻrtogi va musiqiy hamkori Michael Cretu uning eng mashhur „(I’ll Never Be) Maria Magdalena“ (1985), „In the Heat of the Night“ (1985), „Everlasting Love“ (1987), „Secret Land“ (1988), „Hiroshima“ (1990) and „Donʼt Be Aggressive“ (1992) qoʻshiqlarining prodyuseri. Uning Into a Secret Land (1988) va Close to Seven (1992) albomlari Sandraning tanqidiy eʼtirofiga sazovor boʻldi. [4]

Sandra

Sandra 2007-yilda
Umumiy maʼlumot
Tugʻilgan paytidagi ismi Sandra Ann Lauer
Tavalludi 18-may 1962-yil (1962-05-18) (60 yosh)
Fuqaroligi Fransiya
Kasbi Qoʻshiqchi
Leybl Virgin
Turmush oʻrtogʻi Michael Cretu
Faoliyat yillari 1975 – hozirgacha
Janr
Sayt sandra-music.com

Yakkaxon karyerasini boshlashdan oldin Sandra Yaponiya va Sovet Ittifoqida juda koʻp muxlislarga ega boʻlgan Arabesque triosining bosh qoʻshiqchisi edi. Bundan tashqari, 1990 va 2001-yillar orasida u Shimoliy Amerika va Buyuk Britaniyada eng yaxshi 10 ta hitga ega boʻlgan juda muvaffaqiyatli Enigma musiqiy loyihasining albom relizlarida ishtirok etdi. Mashhurlik choʻqqisida u hatto dunyoning bir qator mamlakatlarida Madonnadan koʻproq disk sotishga muvaffaq boʻldi. Butun dunyo boʻylab 33 milliondan ortiq disk sotilishi bilan Sandra oʻzining eng muvaffaqiyatli nemis ayol pop-xonandasi sifatida oʻz mavqeini mustahkamladi.[5][6]

Sandra in 2007
Sandra 2007-yilda

Shaxsiy hayotiTahrirlash

Sandra va Michael Cretu 1988-yil 7-yanvarda turmush qurishdi. 1995-yilning iyul oyida egizak oʻgʻil farzand koʻrishdi. Ular 2007-yilning noyabrida „shaxsiy va kasbiy kelishmovchilik“ sabab ajrashishdi.

Kretu 2009-yilning may oyidan beri Germaniyada yashaydi. Sandra 2010-yilda musiqa prodyuseri Olaf Mengesga turmushga chiqdi [7] 2014-yilda ular ajrashishdi. [8]

DiskografiyasiTahrirlash

  • The Long Play (1985)
  • Mirrors (1986)
  • Into a Secret Land (1988)
  • Paintings in Yellow (1990)
  • Close to Seven (1992)
  • Fading Shades (1995)
  • The Wheel of Time (2002)
  • The Art of Love (2007)
  • Back to Life (2009)
  • Stay in Touch (2012)

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. Spahr, Wolfgang „The Force Behind the Hits: Germany's Top Tunesmiths“. Billboard, 18-noyabr 1995-yil. — s. 78. 
  2. Khan, Andrew. „Sounds of Germany – day one: a history of German pop in 10 songs“ (25-iyun 2012-yil).
  3. German, Yuri „Arabesque – Artist Biography“. AllMusic. Qaraldi: 29-yanvar 2017-yil.
  4. „Albums by Sandra“. Rate Your Music. Qaraldi: 23-avgust 2010-yil.
  5. „Sandra – Infinite Kiss“(pol.). onet.pl. Qaraldi: 19-iyul 2013-yil.
  6. „Popsängerin Sandra meldet sich mit neuem Album zurück“(olm.). vip.de. Qaraldi: 20-mart 2021-yil.
  7. „Sandra: Sie hat heimlich geheiratet“(olm.). www.bunte.de. Qaraldi: 23-iyul 2013-yil.
  8. „Sängerin Sandra: Trennung von Ehemann Nr. 2!“(olm.). www.bild.de. Qaraldi: 2-sentabr 2014-yil.

HavolalarTahrirlash