Sangloh
Asar Muallifi
tahrirMirza Mahdiyxon davlat xizmatida boʻlib Nodirshoh (1688-1747)ning shaxsiy munshisi va saroy tarixchisi vazifalarida ishlab yurgan. 1875 yil Bombay nashri Mahdiyxonning tarixchigina emas balki zoʻr stilist yozuvchi boʻlganini ham koʻrsatib beradi. Albatta bunday shoh qoʻlida xizmat qilish yoki Mahdiyxonning saroyda tutgan mavqeyi nuqtai nazaridan yonma-yon ishlash har qanday lishining qoʻlidan kelmaydi. Aftidan Mahdiyxon oʻta tadbirkor va siyosatli kishi boʻlgan 1748 yil Nodirshohga bagʻishlangan "Tarixi Nodiriy" asarini yozib tugatgandan,yana 11 yildan soʻng,ya'ni 1759 yilda "Sangloh"ni ham nihoyasiga yetkazadi.
Asar haqida
tahrirMirza Mahdiyxon Navoiy asarlariga bag'ishlab o'zining "Sangloh" lug'atini tuzgan. Bu lug'at Navoiy asarlari bo'yicha tuzilgan eng katta lug'at hisoblanadi. "Sangloh"ning o'zidan oldingi lug'atlarga nisbatan beqiyos katta hajmi ko'zga tashlanadi.6181 lug'at maqolani o'z ichiga olgan bu lug'at "Badoyi al -lug'at" va "Abushqa" dagi hamma so'z va so'z formalarini birga qo'shib sanaganda ham ulardan ko'ra bir necha marta ko'p o'rin egallashi aytilgan. Mirza Mahdiyxon turkiy xalqlarning afshar urug'idan bo'lib, u Eron shohi Nodirshohning kotibi bo'lgan. Lug'at tuzishdan maqsadi Navoiy asarlarida uchraydigan qiyin so'zlar ma'nosini forsiyzabon xalqlarga ochib berish edi.Shuning uchun u lug'atni "Sangloh", ya'ni toshli yer,toshloq deb atadi. Lug'at 1759-1760-yillarda yozib tugallangan. Mahdiyxon kitobni umumiy nom -" Sangloh" bilan atagan. Bu haqda muallifning o'zi lug'atning kirish qismida o'zbek tili va Navoiy leksikasi va iboralarining salobati va so'zlarining qiyin (qattiq)ligi sababli kitobga "Sangloh" deb nom qo'yganini aytadi. Bu haqda "Badoyi al-lug'at" asari oxiriga ilova qilingan 180 so'z boshlanishidagi biz yuqorida tarjimasi bilan bergan jumladagi "Sangloh" ma'nosi to'g'ri ekanini yana bir bor qayd qilish mumkin. Hozircha lug'atning uch nusxasi aniqlangan bo'lib, ular Angliya qo'lyozma xazinalari fondida saqlanadi. "Sangloh" lug'ati 1960-yilda mashhur ingliz olimi Djerard Kloson tomonidan turli sharh va izohlar bilan Londonda nashr ettiriladi. Lug'atshunos so'z ma'nolarini ochihttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sangloh_asari&action=submit#sh uchun asosan Alisher Navoiyning poetik asarlariga murojaat qiladi. Ayrim hollarda qo'shimcha ravishda Bobur, Husayn Boyqaro, Lutfiy kabi shoirlar ijodidan ham misollar keltiriladi. Ushbu lug'atning boshqa mumtoz lug'atlardan farqi shuki, "Sangloh" da birinchi marta nasriy asarlardan ham misollar keltirilgan. == Manbalar [1]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Hasanov, Botirbek. Sangloh asari. Toshkent: G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at, 1989.