Sanjar Allaberdiyev — jurnalist teleradioboshlovchi. 2003-yil 1-sentabr kuni Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida dunyoga kelgan. Millati oʻzbek. Sanjar Allaberdiyev shu kungacha OAV sohasida ishlab kelmoqda.

Hayoti tahrir

Tugʻilgan sanasi 2003-yil 1-sentabr. Yashash joyi: Surxondaryo Viloyati Oltinsoy tumani, "Jiyanbobo" Mahalla fuqarolar yigʻini. Maʼlumoti oliy. 2010-yilda Oltinsoy tumanidagi 16-umumtaʼlim maktabining birinchi sinfiga oʻqishga qabul qilingan. 2021-yil ushbu umumtaʼlim maktabini tugatib, oʻsha yili Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga oʻqishga kiradi. Va shundan soʻng uning telekanal va radiodagi faoliyati boshlanadi.

Faoliyati tahrir

Sanjar ALLABERDIYEV oʻz ish faoliyatini 2022-yilda „Dunyo boʻylab“ telekanlida boshlagan, biroq baʼzi bir sabablarga koʻra kanaldagi faoliyati uzoq davom etmaydi, shundan soʻng u oʻzi tugʻilgan viloyatga qaytib, „Surxondaryo“ teleradiokompaniyasida ishlab boshlaydi. Birinchi faoliyatini radioboshlovchilikdan boshlab soʻngra qator teledasturlar, informatsion koʻrsatuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy eshittirishlar orqali keng ommaga tanilgan. Xususan, uning muallifligidagi "10x10" intellektual teleoʻyini ham oʻz muxlislariga ega. Bundan tashqari "Yangi asr" radiokanali dasturlaridan oʻrin olgan "Tungi tuhfa", „Munavvar kun“ kabi radiodasturlar ham uning faoliyati mevasidir. Bundan tashqari Sanjar Allaberdiyev 2023-yilda "O'zbekiston 24" telekanali muharriri muharriri lavozimida faoliyat yurita boshladi

Qiziqishi tahrir

U asosan badiiy kitoblar oʻqishga qiziqadi, lekin asosan dublyaj sohasini oʻz qiziqishlarining yuqori pogʻonasiga koʻtargan. Muxlilsari uning bir ovozli „Qashqirlar makoni Vatan“ filmini koʻrib ham ulgurishgan. Asosiy faoliyati jurnalistika boʻlsa-da, u ijtimoiy-iqtisodiy sohadan ham yaxshigina xabardor.

Oila tahrir

Otasi — Abdullayev Abdimalik, onasi — Pardayeva Baxtigul. Ular oilada besh kishidan iborat. Yana singlisi va ukasi bor. U oilasi haqida koʻp ham gapirishni xohlamaydi. Shuning uchun oilasi haqida kengroq maʼlumotlar mavjud emas.