Sanjar Nazar
Sanjar Nazar (toʻliq ismi: Sanjar Hasanovich Nazarov; 1974-yil 21-mart, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani, Doʻng qishlogʻi, Oʻzbekiston SSR) – taniqli noshir, adabiyotshunos. Akademnashr[1] va „Irfonnashr“ nashriyotlari, „Jajji akademik“ akademik jurnali hamda „Yoki“ elektron, audio kitoblar va kitobxonlar hamjamiyati platformasining asoschisi[2].
Sanjar Hasanovich Nazarov | |
---|---|
Tavalludi |
21-mart 1974-yil |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent Davlat universiteti |
Kasbi | noshir |
Faoliyati
tahrir1992–1997-yillarda – Toshkent Davlat universiteti talabasi, 1997–2000-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi aspiranti. 1997–2001-yillarda – „Yosh Kuch“ jurnalida boʻlim muharriri, 2001–2005-yillarda – „Yangi asr avlodi“ NMMda ijrochi direktor, 2005-yilda „Yoki ijodiy guruhi“ga (Loyihaning asosiy maqsadi jahon tafakkuri durdonalarini oʻzbekchaga oʻgirish boʻlib, uning doirasida 20 ga yaqin asarlar tarjima qilingan) asos solib, 2007-yilga qadar ushbu shoʻba korxonasida direktor lavozimida faoliyat yuritgan. U 2007-yilda „Akademnashr“ nashriyotiga asos solgan va bugungi kungacha ushbu nashriyot direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Koʻplab xalqaro kitob koʻrgazmalarida ishtirok etgan. Adabiyotshunoslik, ijtimoiy psixoanaliz, publitsistika yoʻnalishida 50 dan ortiq maqolalari vaqtli matbuotda eʼlon qilingan. 2015-yil – „Jajji akademik“ jurnalini taʼsis etgan va bu jurnal baʼzi sabablarga koʻra yopilgan[3]. Bu oʻzbek tilida ilk bolalar uchun ilmiy-intellektual jurnal edi[4]. Bundan tashqari u yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan „Izlam“ loyihasining ham muallifi. „Izlam“ – shoir Faxriyorning shu nomdagi kitobidan olingan va bu turkum jamiyatga bugungi kunning yosh ijodkorlari yangicha ruh bilan adabiyotga kirib kelayotganini koʻrsatib berdi[5]. Shuning uchun ham kitobxonlar orasida koʻp muhokma va tanqidlarga sabab boʻldi[6]. Sanjar Nazar tashabbusi bilan 2022-yil ilk bor Oʻzbekistonda 3000 adadda 3 yoshdan (3+) boshlab oʻqilishi mumkin boʻlgan kitoblar nashr etilgan[7].
Manbalar
tahrir- ↑ „Taniqli noshir Sanjar Nazar «KorzinkaUz» rahbarini milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlagashga chaqirdi“. oyina.uz. 2023-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-dekabr 2023-yil.
- ↑ „“Kimgadir egilib-bukilmaslik, qul bo‘lmaslikning yagona yo‘li — ilm, ziyo, kitob ekanini oxirigacha tushunib yetmadik”. Noshir Sanjar Nazar bilan suhbat“. daryo.uz. Qaraldi: 26-dekabr 2023-yil.
- ↑ „«Jajji akademik» nega yopildi?“. kun.uz. Qaraldi: 26-dekabr 2023-yil.
- ↑ „Jurnalist, noshir Sanjar Nazar “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi“. oyina.uz. Qaraldi: 26-dekabr 2023-yil.
- ↑ „“Izlam” turkumi jamiyat oldiga qanday savollarni qoʻydi? Nazar Eshonqul tahlil qiladi“. oyina.uz. Qaraldi: 26-dekabr 2023-yil.
- ↑ „Yangi turkum, “yalang‘och” she’riyat va tanqidlar – o‘zbek she’riyatida yangi avlod paydo bo‘ldimi?“. kun.uz. Qaraldi: 26-dekabr 2023-yil.
- ↑ „“Jonlantirish bo‘limidagi millat” - O‘zbekistonda kitobxonlik nega ortga ketmoqda?“. kun.uz. Qaraldi: 26-dekabr 2023-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Sanjar Nazar haqida turkum mavjud |
- „Kimgadir egilmaslik, bukilmaslik yoʻli – ilm, kitob ekanini oxirigacha tushunib etmadik“| Daryo.uz
- FikrLAB: Oʻzbek jamiyatida intellektual hayot. Qayerdamiz va qayerga ketyapmiz?
- Nega biz kitobxon millat emasmiz?|Kun.uz
- Yosh shoirlar ijodi nega tanqid qilinmoqda? – Suhbat |Kun.uz
- Orziqul Ergashning „Oqar daryo“ kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. 22. 11. 2023 |Xurshid Davron kutubxonasi
- Ўзбекистоннинг фаоллари - ойдинлари билан: Санжар Назар | Oydinlar
- FikrLAB: O'zbek jamiyatida intellektual hayot. Qayerdamiz va qayerga ketyapmiz?
- Jarqo`rg`on tuman Axborot-kutubxona markazi