Sanjar Zokirov (1983-yil 6-yanvarda Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — 60 kg gacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etgan oʻzbek dzyudochisi. XXVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo chempionati sovrindori, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati sovrindori.

Sanjar Zokirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 6-yanvar 1983-yil (1983-01-06) (41 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Kumush Chedju 2003 60 kg gacha

Sport faoliyati tahrir

2002-yilda 60 kg vazn toifasida Oʻzbekiston ochiq chempionatida bronza medali sohibi boʻldi[1]. Zokirov Sanjar Cheju (Koreya Respublikasi) shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida oʻz vazn toifasida qozogʻistonlik Asset Tusupov ustidan finalda gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. U Pusan shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 60 kg gacha boʻlgan vazn toifasida xitoylik Jia Yunbinni ikkinchi davrada magʻlub etdi. Zokirov Sanjar Tasalli boʻyicha raundda qirgʻizistonlik Namir Tursunboyev va hindistonlik Akram Shohdan qoʻli band kelgan boʻlsa, ammo keyin Masato Utisibaning bronza medali uchun kurashda imkoniyatni boy berdi.

U 2003-yilda Chejuda (Koreya Respublikasi) dzyudo boʻyicha boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 60 kg vazn toifasida finalda moʻgʻulistonlik dzyudochi Xashbaatar Sagaanbaatarga yengiladi. Osakada (Yaponiya) dzyudo boʻyicha 60 kg gacha boʻlgan vazn toifasida oʻtkazilgan jahon chempionatidagi ishtiroki muvaffaqiyatsiz yakunlandi[3].

Sanjar Zokirov 2004-yilda Afinada (Gresiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 60 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u birinchi davrada grek dzyudochisi Revazi Zintiridis bilan boʻlib oʻtgan bahsda gʻalaba qozonadi[4]. Oʻzbekiston chempionatida 66 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritadi.

2005-yilda Qohirada (Misr) dzyudo boʻyicha jahon chempionatida unga yana omad kulib boqmadi. Nyu-York (AQSH) ochiq chempionatida 66 kg vazn toifasida uchinchi oʻrinni egalladi.

Manbalar tahrir

  1. admin. „«УЗБЕКИСТАН ОПЕН»: УРОКИ ЯПОНСКОГО“ (ru-RU). Узбекистан, день в истории - 2002 год.. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  2. „JudoInside - World Junior Championships Jeju Island Korea Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  3. „World Championships Osaka 2003 / IJF.org“. www.ijf.org. Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  4. „Men's - 60kg judo results“ (2004-yil 12-avgust). Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.