Sankxya (sanskritcha, aynan — son, hisoblash) — hind falsafasidagi 6 ortodoksal (vedalarni eʼtirof etuvchi) tizimdan biri. taxminan mil. av. 7-asrda donishmand Kapila asos solgan. U "Sankxya sutra" asarini yozgan, lekin bizgacha yetib kelmagan. S. 3—4-asrlardan 8—9-asrlargacha rivojlangan (klassik S. deb atalgan). S. taʼlimotiga koʻra, olam asosida 2 ibtido — prakriti (materiya) va purusha (ruh) yotadi. Prakriti barcha narsalarning asosini tashkil etuvchi moddiy substansiya boʻlib, u adabiy va bir butundir. Uning boshi ham, oxiri ham yoʻq. U hech kim tomonidan yaratilgan emas. Purusha — ruhiy substansiyadir. U passiv, hech narsani yaratishga qodir emas. Tabiatdagi barcha hodisalar satva (ong), rajas (faollik), tamas (passivlik) deb ataluvchi uchta kuch (guna)ning oʻzaro munosabatiga bogʻliqdir. S. taʼlimoti vaysheshika, nʼyaya, mimansa taʼlimotlariga taʼsir koʻrsatgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil