Sanoat kapitali - sanoat sohasiga qoʻyilgan va shu sohada ishlatiladigan kapital. Tarixan Sanoat kapitali qishloq xoʻjaligi, savdo, sudxoʻrlikaa qoʻllangan kapitalning sanoatga koʻchishi natijasida paydo boʻlgan. Sanoatdagi iqtisodiy resurslarning tarkiban har xil boʻlishi sababli Sanoat kapitali 2 qismga — asosiy kapital va aylanma kapitali boʻlinadi. Bu qismlarning nisbati sanoat i.ch. xususiyatlariga qarab farqlanadi. Sanoat kapitalining kapital sigʻimi katta boʻlgan tarmoqlarda, mas, mashinasozlik va konchilikda asosiy kapital hissasi, qimmatbaho xom ashyo va butlovchi qismlarni ishlatuvchi tarmoqlarda (zargarlik, elektronika va boshqalar) aylanma kapital qissasi yuqori boʻladi. Sanoat kapitali doiraviy harakat qiladi. Sanoat kapitalining doiraviy aylanishi pul shaklida (P) boshlanadi va bu pulga bozordan zaruriy resurelar sotib olinib, korxonada qoʻllanganda i.ch. omillariga aylanadi, ular yordamida tovarlar yaratiladi, Sanoat kapitalining qiymati tovar (T) shakliga kiradi. Tovarlar bozorida sotilgandan keyin tovar qiymati tovar shaklidan pul shakliga (IT) aylanadi va P’ dastlabki P.dan katta boʻladi. Sanoat kapitalining doiraviy aylanishi shunday davom etadi va i.ch.ning uzluksizligi taʼminlanadi. Sanoat kapitali oʻz doiraviy aylanishi natijasida foyda yaratadi, bu foydani uning egasi tadbirkorlik daromadi shaklida oladi. Foydaning bir qismi kapitallashadi, yaʼni investitsiyaga aylanib Sanoat kapitaliga qoʻshiladi va uning oʻsishi yuz beradi.

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida monoiolmyalarning paydo boʻlishi natijasida Sanoat kapitali bank kapitali bilan qoʻshilib ketdi va moliya kapitali vujudga keldi (qarang Kapital, Moliya kapitali, Pul kapitali).

Ahmadjon Oʻlmasov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil