Santa-ana — Salvadorning gʻarbiy qismidagi shahar. Santa Ana vulkani etagida. SantaAna departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 202 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl tuguni. Shahar Panamerika shossesi boʻyida joylashgan. Iqtisodiy ahamiyati boʻyicha mamlakatda San Salvador shahridan keyin 2oʻrinda. Kofe yetishtiriladigan rayon markazi. Oziqovqat, toʻqimachilik, gugurt sanoati korxonalari bor. Shaharga 1569-yilda asos solingan. Mustamlakachilik davrida qurilgan meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Teatr bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil