Santa-gertruda qoramol zoti — AQSH ning Texas shtatidagi SantaGertrudis fermasida 20-asr oʻrtalarida shortgorn sigirlarini zebu bukalari bilan chatishtirib yaratilgan. 1940-yilda zot sifatida tasdikdangan. Tana tuzilishi mustahkam, gavdasi katta, tuyey asosan qizil. Sigirlarining vazni 550–650 kg, buqalarniki 900–1200 kg. Goʻshtga parvarishlangan novvoslar 15 oyligida 500–550 kg ga yetadi. Yaylov sharoitida boqilganda oʻrtacha kunlik semirishi 1000—1200 g ni tashkil etadi. Soʻyim chiqimi 60—66%. S.g.q.z. Amerika, Afrikaning 40 dan ortiq mamlakatlarida tarqalgan. Rossiya va Qozogʻistonga 1956-yil va Oʻzbekistonga 1967-yili birinchi bor (80 bosh) olib kelingan. Jizzax viloyatining Baxmal tumani "Baxmal" (xoz. A. Usanov nomidagi) xoʻjaligining togʻ oldi xududlarida professor U. Nosirov rahbarligida Sg.q.z.ni sof holda urchitish va mahalliy mollar bilan chatishtirish ishlari olib borilgan. Oʻzbekistonda naslchilik podasi yaratilib, mollarning soni 3,5 ming boshga yetkazildi. Buqalarning 3 ta karindosh guruxdari va sigirlarning 20 dan ortiq oilalari yaratiddi. Olingan yangi avlodlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona va Andijon viloyati xoʻjaliklarida boqiladi.

Qozogʻistonning Olmaota va boshqa sharkiy viloyatlari xoʻjaliklarida S.g.q.z. sof holda urchitiladi. Ular issiq ikdimga, qonparazit kasalliklariga chidamli, yaylovda boqish sharoitlariga yaxshi moslashgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil