Santa-klara
Santa-klara — Kubaning markaziy qismidagi shahar, Kubanikay va Veliko daryolari boʻyida. VilyaKlara provinsiyasining maʼmuriy markazi. Ahrlisi 205,4 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Qishloq xoʻjaligi (shakarqamish, tamaki, goʻshtsut chorvachiligi) rayonining savdosanoat markazi. Qora metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari; universitet bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1689-yilda asos solingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |