Santa-fe — Argentinaning sharqiy qismidagi shahar. SantaFe provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 368,4 ming kishi (2001). Transport yoʻllari tuguni. RioSalado daryosining Parana daryosiga quyilish yeridagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Gʻallachilik va chorvachilik rayonining savdosanoat markazi. Oziqovqat, koʻnpoyabzal, metallsozlik sanoati korxonalari, issikdik elektr st-yasi mavjud. universitet, tarix muzeyi, tabiiy fanlar muzeyi bor. Shaharga 1573-yilda asos solingan.[1]

Santa Fe
31°38′0″S 60°42′0″W / 31.63333°S 60.70000°W / -31.63333; -60.70000
[[File:|290px|Santa Fe xaritada]]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil