Santander — Ispaniyaning shim. qismidagi shahar. Kantabriya provinsiyasi va muxtor viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 184,2 ming kishi (1998). Biskay qoʻltigʻi soxilidagi port. Metallurgiya, kemasozlik va samolyotsozlik, elektr jihozlari i.ch., toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Iklim kurorti. Gotika sobori (13-asr) saqlangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil