Hárold Santiago Mosquera Caicedo (talaffuzi: Harold Santyago Moskuera Kaisedo; 1995-yil 7-fevralda Buenaventurada tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, „Deportivo Cali“ futbol klubi yarim himoyachisi.

Santiago Mosquera
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hárold Santiago Mosquera Caicedo
Tavallud sanasi 7-fevral 1995-yil (1995-02-07) (29 yosh)
Tavallud joyi Buenaventura, Kolumbiya
Boʻyi 1.72 m
Ampluasi Vinger
yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Deportivo Cali
(dan Pachucaga ijara)
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2012 Escuela Sarmiento Lora
2012—2016 Millonarios
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2018 Millonarios 54 (8)
2018—2020 FC Dallas 76 (13)
2021— Pachuca 21 (0)
2022—Deportivo Cali (ijara) 23 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-noyabr uchun)

Biografiyasi tahrir

Santiago Mosquera „Millionarios“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yil 20-mart kuni Mustang kubogida „Independiente Santa Fe“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan[1]. 2017-yilning 23-fevralida „Deportes Tolima“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Santiago Masquera „dubl“ni amalga oshirib, „Millonarios“ futbol klubi safidagi ilk gollarini urgan[2]. Oʻsha yili uning Kolumbiya chempioni boʻlgan.

2018-yilning 12-fevralida Mosquera MLSning „Dallas“ futbol klubiga qoʻshilgan[3]. U 3-mart kuni „Real Salt Lake“ futbol klubiga qarshi mavsumning ochilish oʻyinida AQSh Oliy ligasida debyut qildi. 29-aprel kuni „New York City“ futbol klubiga qarshi bahsda Hárold Santiago „Dallas“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[4]. 2020-yil 16-sentabrda u „Colorado Rapids“ futbol klubiga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi[5]. 2020-yilgi mavsum oxirida „Dallas“ futbol klubi Mosquera bilan shartnomani uzaytirmadi[6][7].

2020-yil 19-dekabrda Mosquera Meksika chempionatining „Pachuca“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[8]. Qoʻshma Shtatlardagi faoliyatidan soʻng, u „Pachuca“ futbol klubi bilan 2021-yil uchun shartnoma imzoladi va 1 mavsumga imzo chekdi. U liga va kubok bahslarida jami 12 ta oʻyin oʻtkazdi va hech qanday gol va golli uzatmani amalga oshirmadi.

2022-yil 9-yanvarda u „Deportivo Cali“ futbol klubiga keldi. Hamda, u dekabrga qadar, jumladan, Libertadores kubogi-2022 turnirida jamoa safida maydonga tushishi rasmiylar tomonidan tasdiqlandi.

U yangi jamoasi safidagi birinchi golini 2022-yil 19-may kuni Libertadores kubogi-2022 turnirida „Always Ready“ futbol klubiga qarshi o‘yinda kiritgan.

Jamoalari tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum
Millonarios   Kolumbiya 2016—2017
FC Dallas   AQSh 2018—2020
CF Pachuca   Meksika 2021
Deportivo Cali   Kolumbiya 2022—hozirga qadar

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma
Millonarios  Kolumbiya
2016 8 0 0 4 0 1 12 0 1
2017 46 8 9 4 1 2 1 0 0 51 9 11
2018 1 0 0 1 0 0
Jami 54 8 9 9 1 3 1 0 0 64 9 12
FC Dallas  AQSh 2018 30 6 5 1 0 0 2 0 1 33 6 6
2019 24 3 2 24 3 2
2020 13 4 0 13 4 0
Jami 67 13 7 1 0 0 2 0 1 70 13 8
C. F. Pachuca  Meksika 2021 9 0 0 9 0 0
2021 12 0 0 12 0 0
Jami 21 0 0 0 0 0 0 0 0 21 0 0
Deportivo Cali  Kolumbiya 2022 20 2 1 3 0 0 6 2 1 29 4 1
Jami 20 2 1 3 0 0 6 2 1 29 4 1
Umumiy faoliyatida 160 22 16 13 1 3 9 2 2 184 26 21

Manbalar tahrir

  1. „Мильонариос VS. Индепендьенте Санта-Фе 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 20-mart). 2016-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-aprel.
  2. „Мильонариос VS. Депортес Толима 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 23-fevral). 2017-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-aprel.
  3. „FC Dallas Signs Santiago Mosquera as Young Designated Player“ (en). FC Dallas (2018-yil 12-fevral). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  4. „MATCH RECAP: FC Dallas 1, New York City FC 3 | 4.29.18“ (en). FC Dallas (2018-yil 29-aprel). 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  5. „FC Dallas Hammers the Colorado Rapids 4-1 at Toyota Stadium“ (en). FC Dallas (2020-yil 16-sentyabr). 2021-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  6. „FC Dallas Announces Roster Decisions for 2021 Season“ (en). FC Dallas (2020-yil 7-dekabr). 2021-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  7. „FC Dallas announces series of roster moves ahead of 2021 season“ (en). The Dallas Morning News (2020-yil 7-dekabr). 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  8. „Pachuca va por goles y anunció a colombiano como refuerzo“ (es). Mediotiempo (2020-yil 19-dekabr). 2021-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.