Sapfirli marjonli tovuq (Fabergé tuxumi)
Sapfirli marjonli tovuq tuxumi yoki savatdagi tovuqli tuxum — bu Imperial Fabergé tuxumi boʻlib, rus imperator oilasi uchun Peter Carl Fabergé nazorati ostida tayyorlangan ellik ikkita maxsus bezaklar berib tayyorlangan tuxumlardan biri. Sapfirli marjonli tovuq tuxumi 1886-yilda Rossiya podshosi Aleksandr III ning maxsus buyrugʻi asosida yaratilgan.Rossiya podshosi Aleksandr III Sapfirli marjonli tovuq tuxumini rafiqasi qirolicha Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilgan. Sapfirli marjonli tovuq tuxumi hozirda yoʻqolgan oltita imperator tuxumining biri hisoblanadi[1].
Sapfirli marjonli tovuq Fabergé tuxumi | |
---|---|
Yetkazib berilgan yil | 1886 |
Mijoz | Aleksandr III |
Qabul qiluvchi | Mariya Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Sotib olish yili | - |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | Noma'lum |
Foydalanilgan materiallar | oltin,sapfir olmos, |
Boʻyi | 84 mm |
Eni | - |
Dizayni
tahrirSapfirli marjonli tovuq tuxumining aniq dizayni nomaʼlum, chunki tuxumning fotosuratlari yoki rasmlari mavjud emas va tuxumning yozma tavsiflari baʼzan bir-biriga zid keladi[2]. 1886-yil 15-fevraldan 1886-yil 24-aprelgacha boʻlgan davrda imperator arxividagi maʼlumotlarda imperator uchun yaratilgan tuxum „oltin va atirgul olmosli tovuq inidan sapfir tuxumini olib chiqayotgan“ shaklida tasvirlangan. Tovuq sapfir tuxumini tumshugʻida ushlab turgan holda tasvirlangan.Tovuq ham, tovuq joylashtirilgan savat ham oltindan tayyorlangan.Savat va tovuqni bezash uchun yuzlab atirgul shaklidagi oʻyiqlar oʻyib chiqilgan hamda har bir oʻyilgan joy olmoslar bilan bezatilgan. Rossiya Muvaqqat hukumati arxivi tovuqni "oltin stend ustidagi kumush" deb taʼriflaydi, ammo bu taʼrif xato boʻlishi mumkin, chunki 1886-yildagi podshoh tuxumiga buyurtmada sovgʻa oltindan yasalgan boʻlishi aniq koʻrsatilgan.
Tavsif
tahrirSapfirli marjonli tovuq tuxumi haqidagi maʼlumotlar hujjatlashtirilmagan va tuxumning hozir qayerda ekanligi nomaʼlum.
Tarixi
tahrirSapfirli marjonli tovuq tuxumi 1886-yil 5-aprelda Fabergé ustaxonasidan podshoh Aleksandr III saroyiga yuborilgan. Tuxum oʻsha yilning 13-aprelida podshoh tomonidan qirolicha Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilingan. Tuxum inqilobgacha Anichkov saroyida saqlangan edi. Tuxumning oxirgi hujjatlashtirilgan joylashuvi 1922-yilda Kreml qurol-yarogʻ saroyida oʻtkazilgan muvaqqat hukumat inventar arxividan olingan. Tuxum yoʻqolganligi yoki hozirda shaxsiy qoʻllarda ekanligi nomaʼlum hisoblanadi[2].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Get Download (January 2017). „(PDF) Fabergé: The Imperial "Empire" Egg of 1902. New York, 2017. | Dmitry Krivoshey, Valentin Skurlov, and Nicholas B.A. Nicholson“. Academia.edu. Qaraldi: 2019-11-27.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam) - ↑ 2,0 2,1 Lowes, Will. Fabergé Eggs A Retrospective Encyclopedia. Lanham, Maryland: Scarecrow Press Inc., 2001 — 22-bet. ISBN 0-8108-3946-6.
Adabiyotlar
tahrir- Faber, Toby. Faberge's Eggs: The Extraordinary Story of the Masterpieces That Outlived an Empire. Random House, 2008. ISBN 978-1-4000-6550-9.
- Forbes, Christopher. FABERGE; The Imperial Eggs. Prestel, 1990.
- Lowes, Will. Fabergé Eggs: A Retrospective Encyclopedia. Scarecrow Press, 2001. ISBN 0-8108-3946-6.
- Snowman, A Kenneth. Carl Faberge: Goldsmith to the Imperial Court of Russia. Gramercy, 1988. ISBN 0-517-40502-4.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |