Saprofitlar (yunoncha: sapros — chirigan va phyton — oʻsimlik) — o'lik obʼyektlardan oziq manbai sifatida foydalanadigan mikroorganizmlar. S. tabiatda keng tarqalgan boʻlib, tuproq, havo, suvda, odam va hayvonlar organizmida uchraydi. Odatda, S. kasallik qoʻzgʻatmaydi. Lekin odamlarda kasallik qoʻzgʻatish xususiyatiga ega boʻlgan saprofit hayot kechiruvchi mikroblar ham uchraydi. Sogʻlom odam organizmida ham S. koʻp boʻladi. Tabiiy immunitet mexanizmi buzilganda baʼzi S. oʻzi yashab turgan aʼzolardan organizmning boshqa toʻqima va aʼzolariga oʻtib, kasallik (mas, sepsis, meningit) qoʻzgʻatishi mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil