Sapropelitlar

(Sapropel koʻmirlardan yoʻnaltirildi)

Sapropelitlar, sapropel koʻmirlar (yun, sapros — chirigan va pelos — balchiq loy) — qazib olinadigan koʻmirlar guruhi. Tuban oʻsimlik va sodda mikroorganizmlar qoldiqparining koʻl suvi va lagunalar tubiga choʻkib toʻplanishidan hosil boʻladi. Rangi qoʻngʻir, qoʻngʻirkulrang , qora. S. tarkibidagi sapropel mikrokomponentlar (alginit) va gumus mikrokomponentlar (vitrinit, fyuzinit, leyptinit)ning oʻzaro miqdoriy nisbatiga koʻra, xususiy S. (bogxed), gumit S. (kennelbogxed, kennelkasyanit, cheremxit), S.gumit (kennel, kasyanit) sinflariga boʻlinadi. S.da uchuvchan moddalar (60—90%), birlamchi qatron (50% dan ortiq), vodorod (7—12%) miqdori gumolitlardagiga nisbatan koʻp. Qimmatli kimyoviy xom ashyo hisoblanadi, undan suyuq yonilgʻi olinadi. Moskva yoni, Irkutsk (Rossiya) va Rur (Germaniya) kumir xavzalarida S. mavjud. Zaxiralari kam boʻlganligi va koʻmirning boshqa turlaridan (koʻpincha qoʻngʻir kumirdan) ajratib qazib olish qiyin boʻlganligi tufayli sanoat mikyosida qazib chiqarilmaydi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil