Saqmon

(Saqmoldan yoʻnaltirildi)

Saqmon, saqmol — qoʻzilarining yoshi va rivojlanishi bir xil boʻlgan emizikli ona qoʻylar guruhi. S.lar, odatda, yangi qoʻzilarni but saqlash, parvarishlash masqadida tuziladi. Qoʻzilarning yoshiga, yaʼni tugʻilgan kuniga koʻra kichik, oʻrta va katta S.larga boʻlinadi. 1 —10 kunlik qoʻzisi boʻlgan ona qoʻylar guruhi kichik, qoʻzisi 11—20 kunliklari oʻrta; qoʻzisi 21 — 30 kunliklari katta S.ga kiradi. Har bir Sga choʻpon vazifasini bajaruvchi "saqmonchi" tayinlanadi. Qoʻzilarning chiniqishi, rivojlanishi va boshqa belgilariga qarab toʻl mavsumi davrida qoʻzili qoʻylar kichik Sdan katta Sga koʻchiriladi. Tul mavsumi tugagach, S.lar yagona suruvga biriktiriladi va qoʻzilar oʻz onalari bilan 4—5 oygacha birga parvarishlanadi.

Abdusattor Achirov.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil