#Saraitda (koreyscha: #살아있다; tarjimasi — „Tirik“) 2020-yilda ekranlarga chiqarilgan zombilar haqidagi dahshatli film boʻlib, Cho Il-hyung tomonidan tasvirga olingan. U Matt Naylor ssenariysi asosida suratga olingan Alone (2019) filmiga asoslangan. Film zombi apokalipsisi paytida Seuldagi kvartirasida yolgʻiz qolishga majbur boʻlgan videooʻyinchining (Yo Ah In) omon qolish uchun kurashi atrofida aylanadi. Uning premyerasi 2020-yil 24-iyun kuni Janubiy Koreyada, 2020-yil 8-sentabrda esa Netflixda butun dunyo boʻylab namoyish etildi. Film odatda tanqidchilardan ijobiy baho oldi[2][3][4][5][6].

#Tirik
Rejissyor(lar) Cho Il-hyung
Prodyuser(lar)
  • Eugene Lee
  • Saemi Kim
  • Saerom Kim
Ssenariynavis(lar)
  • Cho Il-hyung
  • Matt Naylor
Qaysi asarga
asoslangan
Alone
–Matt Naylor
Rollarda
  • Yu A-in
  • Park Shin-hye
Bastakor(lar) Tae-seong Kim
Kinematografiya Von-ho Son
Muharrir(lar) Min-kyeong Shin
Studiya(lar)
  • ZIP Cinema
  • Perspective Pictures
Distribyutor Lotte Entertainment
Chiqarilgan sanasi
  • 24-iyun, 2020-yil(2020-06-24) (Janubiy Koreya)
Davomiyligi 99 daqiqa
Mamlakat Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Til koreyscha
Daromadi AQSh$14.7 million[1]

Mazmuni tahrir

Yosh yigit Oh Jun-vu odatdagidek yana bir kunni videooʻyin oʻynash bilan oʻtkazmoqchi edi, lekin birdan Seulda zombi virusi infeksiyasi avj oladi. Epidemiya kuchayib borayotgan va kichik turar-joy majmuasidagi qoʻshnilar vahima ichida shoshilib, infeksiyani tarqatayotgan bir paytda, yigit oʻz kvartirasida toʻsiq qoʻyishga muvaffaq boʻladi. Bir muncha vaqt oʻtgach, Jon Vu roʻparadagi uyda xuddi oʻzi kabi bir qiz yashiringanini payqadi.

Ular koʻplab qiyinchiliklarni yengib oʻtgandan keyin vertolyot yordamida xavfsiz joyga olib ketiladi.

Rollarda tahrir

  • Yu A-in zombi virusi tarqalishidan keyin omon qolish uchun kurashayotgan geymer Oh Jun-vu rolida. U oilasi zombi tomonidan oʻldirilganini eshitib, oʻzini osib qoʻyishiga sal qoldi, lekin Yu Bing ismli qiz ham oʻsha vaziyatdan omon qolganini bilib, oʻzida yangi umid uygʻonadi.
  • Park Sin He Kim Yu Bin rolida, Jun Vuning omon qolishiga yordam beradigan sirli ayol. U tez-tez uyiga bostirib kirgan zombilarni qoʻl boltasi va qopqon eshigi yordamida oʻldiradi.
  • Li Hyun-vuk, Li Sang Chul rolida, kasal yuqtirgan ijarachi rolida.
  • Oh Hye-von infeksiyalangan tomonidan oʻldirilgan ayol politsiyachi sifatida.
  • Jin Sae-young Elena Kim rolida
  • Jung Bae-Su, Jun-Vu va Yu Binni qutqaradigan niqobli odam sifatida, lekin ularni zombiga aylangan xotiniga oʻlja sifatida berishni xohlaydi.
  • Li Chae Kyun niqobli erkakning zombilangan xotini sifatida

Ishlab chiqarish tahrir

Yaratilishi tahrir

„#Saraitda“ — Hollywood ssenariychisi Matt Naylorning The One filmining asl ssenariysi asosidagi zombi trilleri. Rejissor Cho Il-hyung va Neylor ssenariyni Koreya bozoriga moslashtirish ustida birga ishlagan. 2019-yilda ZIP Cinema va AQSHda joylashgan Perspective Pictures ishlab chiqarishga qoʻshildi, Lotte Entertainment esa ommaga tarqatish[3][7] ishlari bilan shugʻullandi.

Kasting tahrir

2019-yil 11-iyulda Yo A In va Park Shin Xe, 16-sentabrda esa Li Hyun-vuk[8][9] aktyorlar tarkibiga qoʻshildi. Ssenariy bilan tanishish 27-sentabr kuni boʻlib oʻtdi.

Suratga olish tahrir

Asosiy suratga olish ishlari 2019-yil 1-oktabrda boshlangan va Gunsan shahrida boʻlib oʻtgan. Tugallangan vaqti — oʻsha yilning 12-dekabr sanasi[10].

Musiqasi tahrir

Toʻliq musiqiy yozuv Kim Tae-Sung tomonidan yozilgan boʻlib, u Choi Jong-in, Shin Xyun-pil, Park Sang-woo va Yoo Chae-young[11] bilan birga aranjirovka qilgan.

Manbalar tahrir

  1. „#ALIVE (2020)“. Korean Film Biz Zone.
  2. „충무로 배급사들 신작 개봉 시기 놓고 저울질“. 10-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 „유아인X박신혜 '#살아있다' 6월 말 개봉확정…런칭포스터 2종 공개“. 3-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  4. „Despite appearances, #Alive is most definitely not a zombie movie“. 3-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  5. „Korean zombies will make you feel ʻ#Alive’“. 7-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  6. „In '#Alive,' two survivors struggle to escape zombie-hit homes“. 12-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  7. „#ALIVE“. 10-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  8. „YOO Ah-in and PARK Shin-hye Sign on to #ALONE“. 10-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  9. „[단독]'타인은 지옥이다' 이현욱, '#ALONE' 캐스팅..유아인X박신혜 호흡“. 10-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  10. „박신혜, 영화 얼론 (ALONE) 촬영 모습 공개… "군산에 사랑가득했던"“. 10-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.
  11. „#살아있다“. 10-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2022-yil.