Saraji qoʻy zoti - yarim dagʻal junli dumbali qoʻy zoti. Vatani — Turkmaniston. Nomi Mari sh. yaqinidagi Sari Ja ovuli nomidan. Chorvadorlar tomonidan uzoq tanlash va saralash orqali yaratilgan. Qoʻchqorlarining vazni 80–90 kg, sovliklariniki 50–65 kg. Dumbasi oʻrtacha (6–7 kg), serpushtligi 110—115%. Saraji qoʻy zotiz. dumbali qoʻy zotlari orasida jun mahsuldorligi boʻyicha eng yaxshi zot hisoblanadi. Sovliqlaridan 3—3,5 kg, qoʻchqorlaridan 3,5— 4,5 kg jun qirqib olinadi. Junining tusi oq, och kulrang kokilchalardan iborat, uz. 12—20 sm, tarkibida uz. 7— 9 sm tiviti bor. Sof jun chiqishi — 55— 60%. Juni turkman gilamlari ishlab chiqarishda xom ashyo hisoblanadi. Sof holda Turkmanistonda koʻpaytiriladi. Yil boʻyi yaylovda boqishga moʻljallangan. Saraji qoʻy zotiz. dan Oʻzbekistonda dumbali jaydari qoʻylar zotini yaxshilashda foydalaniladi. Toshkent viloyati Chinoz va Yangiyoʻl tumanlari xoʻjaliklarida Saraji qoʻy zotiz. duragaylari urchitib koʻpaytiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil