Sarangiy — torli kamonli qoʻbizga oʻxshash hind musiqa cholgʻu asbobi. Dastasi kalta, kosasi teri bilan qoplanadi. Kvarta-kvintaga sozlanadigan 3-4 asosiy torlaridan tashqari 11-15 qoʻshimcha (akssado beruvchi) torlari mavjud. Sarangiyning sadolanishi kuchsizroq boʻlsada, mayin va yoqimlidir. Yakkanavoz soz sifatida hamda turli ansambllarda qoʻllanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil