Sardorbek Minubillayevich Gʻiyosov
Tavalludi 1990-yil 27-mart
Partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi

Sardorbek Minubillayevich Gʻiyosov (1990-yil 27-martda tugʻilgan, Namangan viloyati, OʻzSSR, SSSR) — tarixchi oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi a’zosi. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati fraksiyasi a’zosi.

Tarjimai holi tahrir

Gʻiyosov Sardorbek Minubillayevich 1990-yil 27-martda Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Oliy ma’lumotli. 2012-yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — tarix oʻqituvchisi. OʻzLiDeP a’zosi. Mehnat faoliyatini 2012-yilda Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi 13-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda tarix fani oʻqituvchisi, „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkiloti yetakchisi sifatida boshlagan. 2014-2017-yillarda „Kamolot“ YIH Mingbuloq tuman Kengashi raisi, 2017-2019-yillarda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Mingbuloq tumani raisi lavozimlarida ishlagan. 2019-yildan hozirgacha Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

2014-yilda Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi 2-sonli Birlashgan saylov okrugidan deputat etib saylangan.