Sarg‘ish lola[1] ( lotincha: Tulipa dasystemon) — loladoshlar (Liliaceae) oilasiga mansub lola (Tulipa) turkumiga kiruvchi bir pallali  o‘simlik turi. Bu o‘simlik turini birinchi marta Orithyia dasystemon Regel ostida botanik Eduard Lyudvigovich Regel tomonidan ifodalangan, u 1879-yilda Tulipa tarkibiga kirgan[2][3].

Sarg‘ish lola
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: O‘simliklar
Tip: Gulli
Sinf: Bir pallali
Oila: Loladoshlar
Urugʻ: Lola
Turlari: Sarg‘ish lola
Xalqaro ilmiy nomi
Tulipa dasystemon (Regel) (Regel, 1879)

Tarqalishi va o‘sish joyi

tahrir
 
Sarg‘ish lola tasvirlangan sovet pochta markasi (1974-yil)

Mazkur o‘simlik turi Xitoy (Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati), Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan topilgan[4][5] .

Dengiz sathidan 2500–3000 m balandlikdagi toshli va shag‘alli tog‘ yonbag‘irlarda o‘sadi[5].

Botanik tavsifi

tahrir

Ko‘p yillik o‘simlik turi hisoblanadi[1].

Uning piyozboshi tuxumsimon, tuklar bilan qoplangan (kamdan-kam hollarda tuksiz); qobig‘i yupqa qog‘ozga o‘xshaydi[5].

Poyasi tuksiz, balandligi 10-15 sm, tepa qismi uchli va xanjar shaklidagi asosli ikkita yo‘lli chiziqli barglari bor[1][5] .

Guli yakka holatda,  ikki tomonida oqish-sutli yoki oqish-sariq, siyohrang-yashil; gulbarglarning ichki qismining asosi og‘ishma. Gulning o‘lchami — 2 dan—5 sm gacha yoki undan ortiq bo‘ladi.

Mevasi —  qo‘ng‘ir yoki yashil quticha shaklda[1].

Aprel oyida gullaydi[5].

Tutgan o‘rni

tahrir

U bog‘u rog‘larda va parklarda manzarali o‘simlik sifatida yetishtiriladi[1] .

Muhofaza choralari

tahrir

Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan[1]. Chotqol va Zomin qo‘riqxonalarida, Ugom-Chotqol va Zomin milliy tabiat bog‘larida muhofaza etiladi. Bu o‘simlik o‘sadigan yerda mol boqilishini rejalashtirish va uni nazorat ostiga olish lozim.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Тюльпан волосистотычиночный — Tulipa dasystemon — Описание таксона — Плантариум“. 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-aprel.
  2. „Tulipa dasystemon (Regel) Regel — The Plant List“. 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-aprel.
  3. „Tropicos | Name — Tulipa dasystemon (Regel) Regel“. 2018-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-aprel.
  4. „Tulipa dasystemon (Regel) Regel“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-aprel.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 „Tulipa dasystemon in Flora of China @ efloras.org“. 2018-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-aprel.