Sargardon volfram-qalay koni — Toshkent viloyatida, Chatqol rudali rayonidagi kon. Zaxiralari kam boʻlsa ham lekin tarkibi boy rudali konlarga kiradi. Kon quyi karbon davriga mansub karbonat jinslari va ularni yorib chiqqan granit intruzivlari, kvarsli porfir va siyenit porfir daykalaridan tarkib topgan. Karbonat jinslari, asosan, ohaktosh, bir oz dolomit va dolomitli ohaktoshlardan iborat. Kon intruziv massivining ichki kontakt zonasida joylashgan boʻlib, kvarsgreyzenli vertikal tomirlardan tashkil topgan. Tomirlarning qalinligi bir necha m, uz. 100 m gacha. Greyzenlanish granitlardagi dala shpatlarining kvars va muskovit bilan almashuvidan iborat. Kondagi asosiy ruda volframit va kassiteritdir. Ruda bilan birga kvars, flyuorit va muskovit, bir oz xalkopirit va pirit, baʼzan oltin uchraydi. Istiqbolli konlardan biri.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil