Sarhad — Eronning jan.sharqiy qismidagi yassitogʻlik. Sharqiy Eron togʻlari tarkibida. Uzunligi 400 km chamasida, eni 200 km gacha. Oʻrtacha bal. 2500— 3000 m, ularni ajratib turuvchi keng botikdarning bal. 1500 m, eng baland joyi — 4042 m (Taftan vulkani). Togʻ dashti va chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Yotiq yon bagʻirlarida dehqonchilik qilinadi. Buyurtma qoʻriqxonalar tashkil etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil