Sarhang (fors. — qoʻshin boshligʻi) — 1) Xorazmshohlar davlatida 500 otliq askardan tashkil topgan harbiy guruh qoʻmondoni. S. saltanat oldidagi buyuk xizmatlari evaziga malik darajasiga koʻtarilishi hamda muayyan viloyatga hokimlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan; 2) Xiva xonligitsa qalʼalar atrofiga dushman otliqlari yoʻlini toʻsish maqsadida yogʻoch qoziklar qoqilgan. Mazkur vazifani bajaruvchilarga rahbarlik qiluvchi shaxs S deb atalgan; 3) Usmonli turk imperiyasitsa S. oʻz mavqeiga koʻra boʻlukboshidan yuqori lavozim hisoblangan.

Mumtoz fors-tojik va oʻzbek tili tarixiy-badiiy obidalarida S. umuman "lashkarboshi, sarkarda, boshliq" maʼnolarini anglatgan. Xususan, soqchilar boshligʻi sarhangi devon, darvozabonlar rahbari sarhan gi navbat birikmalari bilan ifodalangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil