Sarihind ayollarining milliy kiyimi. Uz. 4,5–9 m, eni 1 m boʻlgan mato. Yoʻl-yoʻl gulli, hoshiyali qilib maxsus toʻqiladi. S. ichidan kalta yengli kalta kofta kiyiladi. S.ning bir uchi yubkaga mahkamlanib, belga 2 marta aylantirib olinadi, qolgan qismi yelkaga (jamoat joylarida bu qismi boshga sharf kabi) tashlab qoʻyiladi. Hindistonning turli viloyatlarida, shuningdek, aholining turli guruhlarida S. kiyish usulida ayrim farqlar bor. Odatda, S.ning quyi qismi yubkaga oʻxshash, baʼzan uzun yoki kalta ishton tarzida tikiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil