Saricha neft-gaz koni - Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi kon, Gʻuzor shahridan 50 km shim.da. 1969-yilda ochilgan, 1987-yilda foydalanishga topshirilgan.

Saricha neft-gaz konik. Toshli burmalari guruhiga mansub boʻlib, 12gorizont shipi boʻyicha 3 qubbali antiklinaldan iborat, tektonik yoriq taʼsirida murakkablashgan. Burmalar qanoti qiyaligi 4—8°. Shimoliy qanot boʻylab amplitudasi 100– 170 m li koʻtarilmauzilma oʻtadi. 12gorizont boʻyicha burma oʻlchami 8,4x3,5 km, bal. 110 m.

Saricha neft-gaz konik.da jami 10 ta quduq qazilgan boʻlib, asosan, mezozoy, kaynozoy yotqiziklari ochilgan. Neokom va apt yaruslari yotqiziqlarida mahsuldor 13 va 12gorizontlar ajratilgan.

12gorizontning umumiy qalinligi 38–43 m, foydali qatlam 3–10 m. Jinslarning govakliligi 15,7%. Uyum oʻlchami 7,2x2,2 km, bal. 90 m. Dastlabki gaz debiti va qatlam bosimi 12 ming m³/sutka va 10,74 MPa. Gaz zichligi (havoga nisbatan) 0,582 g/sm³, karbonat angidrid gazi 1,0%, metan 97,5%, azot 1,5%.

13gorizontning umumiy qalinligi 195 m, gʻovakliligi 14,6%, ochiq gʻovakliligi 0,17, gazga toʻyinganligi 0,58. Gaz uyumining oʻlchami 1,2x1 km, bal. 36 m. Gazning dastlabki debiti 53 dan 181,4 ming m³/sutkagacha oʻzgargan. Dastlabki qatlam bosimi 10,9 joriy 10,4 MPa. Gazning zichligi (havoga nisbatan) 0,578 g/sm³. Tarkibida karbonat angidrid gazi 0,5%, metan 95,4%, azot 2,8%. Kondan hozirgi vaqtda foydalanilmoqda.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil