Sariq-yashil suvoʻtlar
Sariq-yashil suvoʻtlar (Xanthophyta) — tuban oʻsimliklar guruhi. Morfologik va ekologik jihatdan xilmaxil: bir hujayrali, koʻp hujayrali, yopishib oʻsuvchi, erkin suzib yuruvchi, amyobasimon, kokksimon, ipsimon, plastinkasimon va boshqa Rangi och yashil, toʻq yashil, baʼzan yashil, moviy. Rangining turli xilligi hujayrasidagi pigmentlar (xlorofill a va rh ot va r karotinlar, ksantofillar) kombinatsiyasiga bogʻliq. Vegetativ koʻpayishi boʻlinish, jinssiz koʻpayishi zoova aplanosporalar hosil qilish bilan boradi. Ayrim turlari jinsiy izogamiya orqali koʻpayadi. Bir necha yuz turi bor. Asosan, chuchuk suvlarda, baʼzan dengizlarda plankton yashaydi; ayrim turlari nam tuproqlarda uchraydi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |