Sariq choy
Sariq choy (Agrimonia asiatica Tuz.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi 50—130 sm; sershox. Barglari patsimon, murakkab, tuxumsimon yaproqchadan (7—9 ta) tuzilgan. Gullari toʻq sariq, mayda, 2 jinsli, uzun bandli; toʻpguli boshoqsimon. Gultoji gulkosachasi 5 tadan. Mevasi ilmoqli, tuklar bilan qoplangan. Oʻzbekistonning deyarli hamma sugʻoriladigan yerlarida, ekinlar orasida, yoʻl yoqalarida, bogʻlarda va togʻli hududlardagi oʻrmonlarda keng tarqalgan. Xalq tabobatida meʼda kasalliklarini davolashda ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |