Sariq uygʻur tili
Sariq uygʻur tili - sharqiy turkiy tillardan biri; asosan, XXRning Gansu viloyatidagi Minxua mintaqasida tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni taxminan 4—5 ming kishidan iborat. Aniq dialektal boʻlinishga ega emas; togʻlik va dashtlik aholi shevalarida fonetika va leksika sohalarida ayrim tafovutlar kuzatiladi.
Sariq uygʻur tilit. leksikasi turkiy va noturkiy (sanskrit, tibet, moʻgʻul, xitoy) tillarga xos unsurlar qorishmasidan iborat, lekin grammatik qurilishi asl turkiyligicha saqlanib qolgan. Sariq uygʻur tilit. ning oʻtmishda qad. uygʻur tiliga yaqin boʻlgani haqida taxminlar bor. Sariq uygʻurlar 18-asr oxirlarigacha qad. uygʻur adabiy tilidan foydalanib kelgan va keyinchalik tibet tilining taʼsirida qad. uygʻur yozuvi unutilgan boʻlsa kerak. Sariq uygʻur tilit. oddiy soʻzlashuv tili boʻlib qolmoqda.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |