Saroy oyim madrasasi
Saroy oyim madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Saroy oyim madrasasi 1817—1818-yillarda Shayx Jalol guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Haydar davrida, Tursunmoh oyim binti Jahongirbey devonbegi tomonidan bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻishtdan boʻlib, Shayx Jalol mozori yonida bunyod etilgan. Madrasa gʻarbida ariq, shimolida Muhammad Amin valadi oxund mulla Qurbon hovlisi va janubi va sharqida koʻcha mavjud boʻlgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa uchun voqif 1817—1818-yillarda Samjan tumanidagi Margʻasun mavzesidagi 297 tanob yerni vaqf qilgan. Madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. Agar u vafot etsa ushbu vazifani qozi ul-quzzot bajargan. Ushbu vaqf hujjati qozi ul-quzzot Mir Abul Hasanxoja ibn Mir Asomiddinxoja al-Husayniy muhri bilan tasdiqlangan. Madrasa faoliyati bilan bogʻliq yana beshta hujjat saqlanib qolgan. Hujjatlarda madrasada faoliyat olib borgan mudarrislar va ularning maoshi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud. Jumladan mulla Abduxoliq Joʻybori maoshi 35 tilla, mulla Sadriddin maoshi 40 tillani tashkil etgan. Bundan tashqari hujatda madrasada tahsil olgan talabalar nomlari ham keltirilgan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 9 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3].
Saroy oyim madrasasi 9 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Saroy oyim madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Tursunmoh oyim binti Jahongirbey devonbegi |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Tursunmoh oyim binti Jahongirbey devonbegi |
Asosiy sana: 1817—1818-yillar
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 9 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Manbalar
tahrir- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.