Sarrafon masjidi
Sarrafon masjidi (Mulla Oriziy masjidi, Tahti Toqi Sarrafon masjidi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur masjid Buxoro xonligida hukronlik qilgan shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida 1515—1516-yillarda bunyod etilgan. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Sarrafon masjidi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Sarrafon masjidi Mulla Oriziy masjidi Tahti Toqi Sarrafon masjidi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | masjid |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | 1515-1516-yillar |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Sarrafon masjidi 20-yil oʻtib, Toqi Sarrafon qurilganidan soʻng shu nom bilan atalib kelingan. Masjidda oxirgi marta XIX asr oxiri yoki 1905-yilda taʼmirlash ishlari olib borilgan. Qadimiy masjid murakkab arxitekturaviy yechimga ega. Masjidning baland supa ustida bunyod etilgan ikkiyoqlama ayvoni mavjud boʻlgan. Soʻngi marta olib borilgan taʼmirlash ishlarida masjidning gʻarbiy devorida „qirma“ usulida moviy rangdagi fonda oq ranglar bilan harflar yozilgan. XX asrning 70-yillariga qadar Sarrafon masjidi choyxona va kutubxona sifatida faoliyat koʻrsatgan[1]. Bugungi kunda ham masjid choyxona sifatida foydalanilmoqda. Masjidning kirish tomonidagi peshtogʻidagi kitobada koʻk fonda oq harflar bilan nastaʼliq xatida baxshida va hadis yozib qoʻyilgan. Kitobada Alloh va hukmdorning ismlari tilla rangda yozilgan boʻlib, 1980-yillarda qisman taʼmirlash ishlari olib borilgan. Bugungi kunga kelib bitikka shikast yetkanligi sabab uni toʻliq oʻqishning imkoni yoʻq[2]. Darvozasi tepasidagi yozuvda „Bu qurilish Ubaydulloh Bahodirxon hukmronlik qilgan davrda 1534—1535-yillarda tugallangan“ deb maʼlumot keltirilgan. Ushbu bitikni mashhur buxorolik husni xat sohibi Muhammad Darvish Qoʻnoq yozgan[3]. Sarrafon masjidi ustunlari birida ustaning nomi nastaqil xatida bitilgan. Mazkur matn XIX asr oxiri XX asr boshlarida yozilgan. Ustunda „Usta Fayzullohning ishi“ deb koʻrsatilgan[4]. Masjidning sharqiy tomonidagi devorida ganchdan yasalgan toʻrtburchak kitobalar boʻlib, nastaʼliq xatida toʻrt misra sheʼr keltirilgan. Bitik moviy fonda oq harflar bilan nastaʼliq xatida bitilgan[5]. Masjidning gʻarbiy devori mehrobi tepasida ganchdan yasalgan shams kitobada Qur’oni Karimning „Ixlos“ surasi suls xatida keltirilgan. Mazkur shams kitobaning oʻng tomonida „Jin“ surasi 18 oyati, chap tomonida „Niso“ surasi 103-oyati suls xatida ganchdan qilib toʻrtburchak shaklda yozilgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 407.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 409.
- ↑ Бухоро шарқ дурдонаси 1997, s. 104.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 411.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 412.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро 2016, s. 413.
Adabiyotlar
tahrirIlmiy adabiyotlar
tahrir- Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Раззоқов А, Раҳимов К, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Бухоро. Тошкент: Uzbekistan Today, 2016 — 560-bet. ISBN 978-9943-4510-5-6.
- Азизхўжаев А Масъул муҳаррир. Бухоро шарқ дурдонаси. Tошкент: Шарқ нашриёти, 1997 — 232-bet.