Sarrof
Sarrof (arab. — pul almashtiruvchi, yirik pullarni mayda qiluvchi) — shahar koʻchalari va rastalarida oʻtirib, kishilarning yirik pullarini maydalab, qimmatbaho buyumlarini pulga almashlab berib, foyda koʻruvchi shaxs. Ular xorijdan kelgan savdogarlarning pullarini mahalliy pullarga almashtirib berish, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush va boshqalarni aniqlash, ularning bahosini belgilash, ayrim kishilarning omonat pullarini, buyumlarini maʼlum muddatgacha saqlab berish kabi ishlar bilan shugʻullanib, bank, omonat kassalari, garovxonalar vazifalarini bajarishgan. Sarroflar sudxoʻrlik ishi bilan ham shugʻullangan, ular xizmatlari evaziga kishilardan maʼlum miqdorda haq olgan. Ilgari har bir shaharda sarroflar faoliyat yuritgan. Masalan, Buxoroda sarroflarning alohida mahallasi va asosiy ish joyi — Toqi Sarrofon mavjud edi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |