Sartabutkon oltin koni - Qurama togʻlarining Olmaliq rudali hududida joylashgan kon. 1931—34 yillarda ochilgan. Kon gersin burmalanish davrida Shimoliy Qoramozor braxiantiklinalining shim. qanotida gidrotermal sharoitda hosil boʻlgan. Sartabutkon oltin konik. oʻrta devon — quyi karbon ohaktoshlari va ularni yorib chiqqan oʻrta karbon davri siyenitdiorit intruziv jinslaridan tarkib topgan. Tomirlar shaklidagi ruda siyenit va ohaktoshlar bilan birga hamda intruzivlarda joylashgan (qalinligi 20– 30 m). Kondagi asosiy foydali qazilma boʻlgan oltin har xil birikmalar tarkibida boʻlib, baʼzan sof holda uchraydi. Rudada maʼlum miqdorda kumush ham bor. Shuningdek, kvars (oz miqdorda pirit), xalkopirit, galenit, sfalerit, molibdenit kabi minerallar ham mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil