Sarvepalli Radhakrishnan
Sarvepalli Radhakrishnan (1888.5.9, Andhra Pradesh shtati — 1975.17.4, Madras) — Hindiston vitse-prezidenti (1952—62), prezidenti (1962—67), faylasuf olim, davlat va siyosiy arbob, diplomat. Madras universitetida tahsil olgan. Maysur universitetida professor (1918—26), Kalkutta universitetida falsafa kafedrasining mudiri (1921—31). Hindiston faylasuflar jamiyatining prezidenti (1927—50), Andhra (1931—36) va Banoras untlarida boshkansler (1939—40). UNESCOda Hindiston delegatsiyasining rahbari (1946 — 50), Hindistonning SSSRdagi elchisi (1949—52). Dehli universitetida kansler (1953—62), Oksford universitetida professor, Moskva davlat universitetida professor (1956). Xalq ozodlik harakatida faol ishtirok etgan. Mahatma Gandi va Jawaharlal Neruning safdoshi. R. mustamlaka tizimini tugatishga daʼvat qilgan, harbiy uyushmalarni qoralagan, urushlardan voz kechishga chaqirgan. R. koʻplab falsafiy hamda adabiyot, taʼlim, tarix, siyosatga oid asarlar muallifi. R.ning 2 jilddan iborat "Hind falsafasi" asari rus tiliga tarjima qilingan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Indiyskaya filosofiya, t. 1—2, M., 1956-1957