Sassaparil
(Sassapareldan yoʻnaltirildi)
Sassaparil, sassaparel, sarsaparel (Smilax) — piyozdoshlar oilasiga mansub tikanli doim yashil lianalar turkumi. Asosan, Oʻrta dengiz atroflarida, shuningdek, Osiyo va Shimoliy Amerikaning tropik va subtropik va moʻʼtadil hududlarida oʻsadigan 200 dan ortiq turi maʼlum. Kavkazda S.ning (S. excelsa), Primorye oʻlkasida (S. oldhamii — Oldgem S.) turlari oʻsadi. Meksikada oʻstiriladigan tibbiyot Si (S. medica), xitoy Si (S. china) va shifobaxsh (S. S. utilts) qadimdan tibbiyotda ishlatiladi. Gullari bir jinsli, mayda. Mevasi kizil, 1—3 urugʻli rezavor. Gajagi bilan oʻralib oʻsadi. Mayiyunda gullab, mevasi oktabrnoyab. oylarida pishadi. Urugʻi va ildizidan koʻpayadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |