Aylant
(Sassiq daraxtdan yoʻnaltirildi)
Aylant, sassiq daraxt (Ailanthus) – aylantdoshlar (simarubdoshlar) oi-lasiga mansub daraxtlar turkumi, 10 tacha turi ma’lum. Shar-qiy Osiyo va Hindistonda koʻproq tarqalgan. Ukraina, Qrim, Shimoliy Kavkaz, Belarus va Oʻrta Osiyoda novcha A. yoki Xitoy zaranggi (A. altissima) degan bir turi xushmanzara oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Shu tur Oʻzbekistonda (umuman Oʻrta Osiyoda) ham oʻstiriladi. A.ning barglari yirik, pat-simon murakkab, badboʻy. Gullari mayda, ikki jinsli (ba’zi turlarida bir jin-sli), shingil toʻpgullarga yigʻilgan A. tez oʻsadi. Deyarli barcha turlari mebel tayyorlashda, qurilish materiali sifatida, buyumlar yasashda hamda qogʻoz tayyor-lashda ishlatiladi. Xitoyda A. bargi bilan aylant ipak qurti boqiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |