Sassiqqoʻngʻizlar
Sassiqqoʻngʻizlar (Carabidae) -yirtqich qoʻngʻizlar kenja turku miga mansub qoʻngʻizlar oilasi. 20 mingdan ortiqturi maʼlum. Uzunchoq tanasining uz. 2–3 mm dan 50–80 mm gacha. Rangi, odatda, kora, metallsimon tovlanadi. Moʻylovi qilsimon yoki ipsimon; oyoklari yuguruvchi, panjalari 5 boʻgʻimli. Koʻpchilik turlari yer ustida yoki tuproqning yuza qatlamlarida yashaydi. Tunda faol. Lichinkalari tuproqsa yashaydi. S. koʻpgina qishloq xoʻjaligi zararkunandalari (hasharotlar, mollyuskalar, shilliqlar, chuvalchanglar, tunlam qurtlari va boshqalar) bilan oziqlanib, ular sonini tartibga solishda samarali natija beradi. Saprofog (oʻsimlik qoldiqlari bilan oziqlanuvchi) S. tuproq hosil boʻlish jarayonida faol ishtirok etadi. Baʼzi S oʻsimlikxoʻr (fitofag) boʻlib, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklariga zarar yetkazadi. Oʻrta Osiyoda 40 dan ortiq turi uchraydi, jumladan, eng koʻp tarqalganlari: Bembidon guadripustulatum, V. almum, Tachys angustulus, Tachyura tetraspila, Colosoma daserticola, C. auropunctatum drungaricum, Broscus punctatus, Pterostichus cupreus va boshqa Biologik qarshi kurash tizimida tangaqanotlilarga Colosma va Pterostichus; koʻk qurt (kuzgi tunlam) va boshqa tunlamlarga Broscuspunctatus va V. semistriatus urugʻining vakillaridan, toq ipak qurtga qarshi Colosoma vusorpapgadan foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |