Satoshi Nakamoto
Satoshi Nakamoto — bitcoin kriptovalyutasi protokoli va uni tadbiq qilish uchun dasturiy ta’minotning birinchi versiyasini ishlab chiqqan shaxs yoki guruhning taxallusi[1][2][3][4]. Bu nom ortidagi haqiqiy shaxs yoki guruhni oshkor qilishga bir necha marotaba urinishlar qilingan, ammo ularning hech biri muvaffaqiyatli boʻlmagan[5]. Nakamoto birinchi blokcheyn maʼlumotlar bazasini ham yaratgan. 2010-yil dekabriga qadar bitcoin rivojlanishida faol boʻlgan.
Satoshi Nakamoto | |
---|---|
Tavalludi |
nomaʼlum |
Fuqaroligi | nomaʼlum |
Sohasi | Raqamli valyutalar, informatika, kriptografiya |
Mashhur ishlari | Bitkoinni ixtiro qilish, birinchi blokcheynni tadbiq qilish |
Nakamotoning haqiqiy shaxsi haqida keng tarqalgan taxminlar mavjud. Bu nom ortida turgan shaxs yoki guruh haqida turli odamlar taxmin qilingan. Nakamotoning ismi yaponcha va Yaponiyada yashovchi erkak sifatida qayd etilgan boʻlsa-da, ushbu nom ortida AQSh yoki Yevropadagi dasturiy taʼminot va kriptografiya boʻyicha mutaxassislar turadi deb taxmin qilinadi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ „The misidentification of Satoshi Nakamoto“. theweek.com (2015-yil 30-iyun). Qaraldi: 2019-yil 22-iyul.
- ↑ Kharif, Olga. „John McAfee Vows to Unmask Crypto's Satoshi Nakamoto, Then Backs Off“. Bloomberg (2019-yil 23-aprel).
- ↑ „Who Is Satoshi Nakamoto, Inventor of Bitcoin? It Doesn't Matter.“ (en). Fortune. Qaraldi: 2019-yil 22-iyul.
- ↑ Bearman, Sophie „Bitcoin's creator may be worth $6 billion — but people still don't know who it is“ (en). CNBC (2017-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 22-iyul.
- ↑ S., L.. „Who is Satoshi Nakamoto?“. The Economist explains (2015-yil 2-noyabr). 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-noyabr.
- ↑ „Satoshi Nakamoto's Page“. P2P Foundation. 2012-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-may.