Sattorxon (1867/68, Qorabogʻ 1914.17.11, Tehron) — Eron xalq qahramoni. Yoshlik chogʻlaridanoq shohga qarshi kurash olib borayotganlar safiga qoʻshilgan. S. bir necha marta quvgʻinga uchragan. U 1905-yilda Eronda kutarilgan inqilobiy harakatning faol ishtirokchisi va ilhomchisi boʻlgan. 1908—09 yillarda boʻlib oʻtgan Tabriz inqilobiga boshchilik qilgan. S mohir harbiy tashkilotchi va yoʻlboshchi sifatida keng xalq ommasi orasida shuhrat qozongan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil