Saud Muxtor al-Hoshimiy (arabcha: سعود مختار الهاشمي, 1964-yilda tugʻilgan)[1] — Saudiya Arabistoni shifokori. Xalqaro hamjamiyatda hibsga olingani asosiy mavzu boʻlgan Saudiya Arabistonidagi inson huquqlari kampaniyasining tarafdori.

Saud al-Hoshimiy
Saud Mukhtar al-Hashimiy
Tavalludi 1964-yil
Jeddah,Saudiya Arabistoni
Fuqaroligi Saudiya Arabistoni fuqarosi
Kasbi Inson huquqlari kampaniyasi aktivisti va shifokor
Faoliyat yillari 1993—2007-yillar

Qisqa tavsif

tahrir

Saud Muxtor al-Hoshimiy 1988-yilda Qirol Abdulaziz universitetini tamomlagan, keyin esa 1993-yilda Qirol Faysal universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U Jiddada shifokor boʻlib ishlagan, shuningdek, Butunjahon oilaviy shifokorlar tashkiloti aʼzosi boʻlgan. Madinada koʻplab maqolalar yozgan.

Hibsga olinishi va sud

tahrir

Al-Hoshimiy va Saudiya Arabistoni hukumatining siyosiy partiya[2] yoki inson huquqlari tashkilotini tuzishni rejalashtirgan[3] yana sakkiz nafar tanqidchilari (Musa al-Qirni, Suliaman al-Rashudiy, Abdul Rahmon Xon, Essam Basraviy, Sayfiddin al-Sharif, Fahd al-Qurshiy Abdul Rahmon al-Shumayriy) bilan birga 2007-yilning fevralida Jiddada hibsga olingan.

Al-Hoshimiy tergov hibsxonasida bir hafta davomida ochlik eʼlon qilgan va bunga qoʻriqchilari uning ichki kiyimigacha yechib, bir necha soat sovuq kamerada qoldirishgan[4]. Shundan soʻng u „Al-Jazira“ telekanali bilan bogʻlanib, hukmdorning ruxsatisiz pul yigʻishganini tan olishga majbur boʻldi[5]. Islom Inson Huquqlari Komissiyasi (IHRC) maʼlumotlariga koʻra, u 2010-yilning noyabr oyida ham elektr toki urishi bilan qiynoqqa solingan[6].

Yuqorida aytib oʻtilgan toʻqqiz nafar shaxs jinoyat ishlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sudda 2011-yilda koʻrib chiqilgan. Ularning advokatlari dastlab ularga qoʻyilgan ayblovlar haqida maʼlumot olishdan bosh tortganlar va sud majlislari ommaviy axborot vositalari va kuzatuvchilar uchun yopilgan. Xalqaro Amnistiya sud jarayonini „oʻta adolatsiz“ deb tanqid qilgan[7]. Al-Hoshimiy jinoiy ishlar boʻyicha ixtisoslashtirilgan sudi tomonidan "Saudiya Arabistoni qiroliga boʻysunmaslik, davlatga qarshi tashkilot tuzish, sud tizimi mustaqilligini shubha ostiga qoʻyish, pul yuvish va „terrorizmni qoʻllab-quvvatlash“ kabi ayblar bilan aybdor deb topilgan va noyabr oyida 30 yilga qamalgan, bundan tashqari 2 million rial (534 000 AQSh dollari) miqdorida jarimaga ham tortilgan[4].

Qamoqdagi hayoti

tahrir

Al-Hoshimiy qamoqqa olinganda bir qancha xalqaro inson huquqlari tashkilotlari uning nomidan tashviqot olib borishgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzboshimchalik bilan hibsga olish boʻyicha ishchi guruhi uning hibsga olinishini oʻzboshimchalik va noqonuniy deb topdi[8]. Xalqaro Amnistiya tashkiloti uni vijdon mahkumi deb eʼlon qildi va al-Hoshimiy „soʻz va uyushmalar erkinligi huquqini tinch yoʻl bilan amalga oshirgani“ uchun qamalganini aytdi[4]. Xalqaro Inson huquqlari federatsiyasi va Qiynoqlarga qarshi Butunjahon tashkiloti qoʻshma bayonot chiqarib, bu ishga „shoshilinch aralashish“ kerakligini aytdi, jumladan al-Hoshimiyni zudlik bilan va soʻzsiz ozod qilishga chaqirdi[9]. Human Rights Watch tashkiloti Saudiya Arabistoni hukumatini al-Hoshimiyni „siyosiy mahbus“ sifatida ushlab turganlikda tanqid qilib, „siyosiy mahbuslarni qayta ushlash demokratik oʻzgarishlar talablarini qondirmaydi“ deb taʼkidladi[10]. Buyuk Britaniya Musulmonlarning Jamoatchilik bilan aloqalar qoʻmitasi al-Hoshimiy va boshqa mahbuslarni „siyosiy tizimni tinch yoʻl bilan isloh qilish tarafdori“ deb taʼrifladi va ularni ozod qilish uchun petitsiya boshladi[11].

IHRC xabar berishicha, 2012-yil fevral oyi holatiga koʻra al-Hoshimiy sudlanganidan keyin bir kishilik kamerada saqlanishda davom etgan[8]. 2012-yil oktabr oyida Xalqaro Amnistiya tashkiloti al-Hoshimiyning onasi ogʻir kasal boʻlib, oʻzini oʻlim arafasida ekanligini, al-Hoshimiyni kasalxonada onasini koʻrishga ruxsat berish haqida murojaat qildi[4].

Shuncha xalqaro tashkilotlarning soʻrov va petitsiyalariga qaramay al-Hoshimiyning taqdiri haqida rasmiy maʼlumotlar mavjud emas.

Manbalar

tahrir
  1. „Saudi Arabia urged to allow prisoner of conscience to visit ill mother“ (PDF). Amnesty International (19-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.
  2. „Saudi Arabia: Political Prisoners Released, New Ones Arrested“. Human Rights Watch (23-fevral 2011-yil). 21-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.
  3. „Saudi Arabia: Lengthy sentences for reformists a worrying development“. Amnesty International (23-noyabr 2011-yil). 21-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Saudi Arabia urged to allow prisoner of conscience to visit ill mother“ (PDF). Amnesty International (19-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.
  5. „Saudi Arabia“ (PDF). US Department of State. Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.
  6. „Action Alert: Saudi Arabia – Demand the release of reformist Dr. Al-Hashimi from his illegal imprisonment“. Islamic Human Rights Commission (7-fevral 2012-yil). 21-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.
  7. „Saudi Arabia: Lengthy sentences for reformists a worrying development“. Amnesty International (23-noyabr 2011-yil). 21-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.
  8. 8,0 8,1 „Action Alert: Saudi Arabia – Demand the release of reformist Dr. Al-Hashimi from his illegal imprisonment“. Islamic Human Rights Commission (7-fevral 2012-yil). 21-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.
  9. „Incommunicado detention / Fear of ill-treatment - SAU 001 / 0207 / OBS 015“. International Federation for Human Rights (7-fevral 2007-yil). 21-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.
  10. „Saudi Arabia: Political Prisoners Released, New Ones Arrested“. Human Rights Watch (23-fevral 2011-yil). 21-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.
  11. „Petition to Release Dr Saud Al Hashimi & Colleagues“. Muslim Public Affairs Council UK (10-may 2007-yil). 21-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2012-yil.