Savanna zonalari
Savanna zonalari – asosan, subekvatorial, kamroq tropik va subtropik mintaqalarda joylashgan tabiat zonalari. Iqlimi mavsumiy sernam, qurgʻoqchil va yomgʻirli mavsumlari anik, ajralib turadi. Yomgʻirli davr ekvator tomonga uzayib borib 8—9 oygacha yetadi. Yogʻin miqdori 250 mm dan 2000 mm gacha. Daryolarda suv miqdori fasllarga qarab keskin oʻzgaradi. Tuproqlari qizilqoʻngʻir, qizil tuproq. Oʻsimliklar qurgʻoqchil buta va oʻt oʻsimliklaridan sernam joylarda boʻliq oʻtli oʻrmonlargacha oʻzgaradi. Savanna zonalarida yirik oʻtxoʻr hayvonlar (antilopa, jirafa, begemot, zebra, fil va boshqalar), yirtqichlar va turli qushlar yashaydi. Koʻp yerlar inson tomonidan oʻzgartirib yuborilgan. Haydaladigan yerlarda paxta, yer yongʻoq, shakarqamish va boshqa ekiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |