Savdo kapitali
Savdo kapitali — tovar muomalasi sohasida amal qiluvchi kapital, sanoat kapitalining alohidalashgan qismi. Uning harakat shakli P—T—P’ boʻlib (bunda Ppul, Ttovar, P’ortgan pul summasi), tovarlarni sotib olib, qaytadan foydasiga sotishni biddiradi. Savdo kapitali ayirboshlashni kengaytirib, bir tarmoqning boshqa bir tarmoq mahsulotlariga boʻlgan talabini qondiradi; sotishni, tovarlarning oʻtishini koʻpaytirish orqali i.ch.ni kengaytiradi va ragʻbatlantiradi. Tarixan Savdo kapitali sanoat kapitalidan qadimiyroq boʻlib, sudxoʻrlik kapitali bilan bir qatorda erkin harakat qiluvchi kapital shakli boʻlgan. Savdo kapitalining foydasi noekvivalent ayirboshlash va haridorlar hisobiga yuzaga keladi. Natural xoʻjalikning yemirilib, tovarpul munosabatlarining rivojlanishida, kapitalning dastlabki jamgʻarilishi jarayonida, kapitalistik i.ch. munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishida katta rol oʻynadi. Savdo axli va mulkdorlar qoʻlida katta miqdorda pulning jamgʻarilishi uni yirik kapitalistik i.ch. uchun ishlatish imkoniyatini tugʻdirdi. Savdo kapitali egalari boʻlgan savdogarlarnit katta qismi keyinchalik sanoatchilarga aylandi. Savdo kapitali turli tuzumlarda ham tovarlarning "mudrab yotgan negizi"ni rivojlantiradi, ammo tovar hosil qilmaydi. Hozir Savdo kapitali tarkibida qoʻshimcha harajatlarning ulushi tobora koʻpayib bormoqda. Bu hol i.ch.ning savdo sohasida davom etayotgan jarayonlari — tovarlarni qadoklash, oʻrash, saqlash va tashish singari ishlarga kilinadigan harajatlarning, reklama yoʻnalishlaridagi sarflarning koʻpayishida koʻrinadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |