Savri surxoni — ertapishar mahalliy gilos navi. Shoxshabbasi gʻuj, asosiy shoxlari oʻrtacha yoʻgʻonlikda. 20 yoshida bal. 10 m dan ortadi. Barglari oʻrtacha, tuxumsimon, gullari yirik, toʻpgulda 2—3 tadan joylashgan. Mevasi aprel oxiri — mayning loʻn kunligida pishadi. Mevasi yumaloq, yuraksimon, shirali, poʻsti yupqa, yaltiroq, toʻq qizil. Tarkibida 18% gacha qand, 0,32—1,28% kislota va S vitamini bor, vazni 3—3,5 g. Koʻchati oʻtqazilgach, 4-yili hosil beradi. Sovuqqa chidami oʻrtacha. Oʻzbekistonda aprel boshlarida gullaydi. Toʻliq hosilga kirgan daraxti 50—60 kg gacha hrsil beradi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, kompot, murabbo tayyorlanadi. Kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli. Asosan, tomorqa bogʻlarga ekiladi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil