Tursunoy Tuychiyevna Saydazimova

Tursunoy Tuychiyevna Saydazimova (1954.11.5, Angren) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq uqituvchisi (1995). Toshkent viloyat pedagogika institutini tugatgan (1976). 1976 y. dan Oʻrta Chirchiq tumanidagi 10maktabda geogr., 1979 yildan Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikumida biol., 1982 y. dan Zangiota tumanidagi 8, 45-maktablarda geogr. va biol. oʻqituvchisi. Maktabda "Oʻlkashunoslik" muzeyini ochgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil